5 288
Ronalduning yangi “ishqiy yozishmalari” Jorjinaning tug’ilgan kun marosimi kayfiyatini yer bilan yakson qildi
Mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning sevimli ayoli va farzandining onasi bo’lmish Jorjina Rodrigesning 24 yoshga to’lishi munosabati bilan uyushtirilgan tamaddi kayfiyati mutlaqo bayram ko’rinishini eslatmas edi. Aftidan Jorjina bo’lg’usi turmush o’rtog’ining model Rian Sugden bilan bog’liq ishqiy yozishmalaridan xabar topgan va shu sababli tug’ilgan kun davomida chehrasini ochmagan.
Paparatsilar tomonidan olingan suratlarda Jorjinaning o’z yuzini sumka bilan to’sishga urinayotgani, Ronaldu esa qo’lini uning yelkasiga tashlab olgani ko’rinadi. Juftlik restoran ichiga kirganlaridan keyin ham Jorjinaning kayfiyati mutlaqo o’zgarmagan.
Ayni paytda xorij nashrlarida Ronalduning model Rian Sugdenga ishqiy xabarlar yuborgani, qiz esa unga sevgani bor ekanligi va uni tinch qo’yishi haqida aytgani, keyin esa oraga modelning sevgan insoni ham aralashgani haqidagi xabarlar berilmoqda.
Bu esa Ronalduning 4 farzandiga onalik qilayotgan Jorjinaga qattiq ta’sir qilgani ajablanarli emas, albatta.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi