15:53 / 01.02.2018
4 637

Futzal, OCH. O‘zbekiston Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Futzal, OCH. O‘zbekiston Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etdi
Xitoy Taypeyida o‘tayotgan Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati guruh bosqichining dastlabki o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo‘limning o‘zidayoq vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol kiritishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Bahodir Ahmedov shogirdlari yana Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasiga yana 7 ta gol kiritishdi. Raqib esa darvozamizni bor-yo‘g‘i ikki marta aniq nishonga oldi.

O‘zbekiston - Janubiy Koreya - 13:2

Gollar:
Artur Yunusov (3), Davron Choriyev (7, 8, 13), Farhod Abdumavlonov (11), Ixtiyor Ropiyev (16), Husniddin Nishonov (22), Dilmurod Shavkatov (22), Ilhomjon Hamroyev (25), Dilshod Rahmatov (31), Anasxon Rahmatov (35), Mashrab Odilov (38), Davron Abdurahmonov (40) - Jang Yong Chol (25, 38).

O‘zbekiston terma jamoasi (asosiy to‘rtlik): Rustam Umarov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov, Dilshod Rahmatov.

Zaxira: Akmal Xazratqulov, Ilhom Hamroyev, Farhod Abdumavlonov, Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Dilmurod Shavkatov, Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Davron Choriyev.

Janubiy Koreya (asosiy to‘rtlik): Seo Jung Vu, Kim Min Kuk, Lim Yeong Seung, Jeong Su In, Jo Byung Geol.

Zaxira: Kim Jun Xo, Park Yung Jae, Park Xan Ul, Yu Sang Yun, Li Du Yong, Li Min Yong, Li An, Jang Yeong Cheol, Chun Jin Vu.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal, OCH. O‘zbekiston Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etdi