Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov «Oriyat Dono» radiosining «Futbol+» eshittirishi mehmoni bo‘ldi.
Haydarov suhbat jarayonida Osiyo chempionatining ilk uchrashuvida Qatar terma jamoasiga uchralgan mag‘lubiyat sababini izohladi.
«Bu biz uchun musobaqadagi birinchi uchrashuv edi va raqiblarni to‘la-to‘kis o‘rganib chiqish imkoni bo‘lmagan edi. Chunki Qatarga qarshi olti oy ilgari ikki marta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazganmiz. Qatarning so‘nggi uchrashuvlari haqidagi ma’lumotlarni esa hech qayerdan topa olmadik. Chunki barcha videoyozuvlar «Youtube» va boshqa tarmoqlardan o‘chirib tashlangan edi.
Biz ularning Serbiya termasiga qarshi o‘yinini tomosha qilish va raqibni o‘rganish uchun Qatarga vakil yubordik. Ammo vakilimiz O‘zbekistonga quruq qo‘l bilan qaytdi, chunki uchrashuv bizga ma’lum qilingan joyda emas, umuman boshqa shaharda o‘tkazilgan. Nachora, bu ularning huquqi.
Osiyo chempionatining eng kuchli guruhi aynan bizning guruh ekanini oldin ham ko‘p aytganman, musobaqa ham buni ko‘rsatdi. Biz va Janubiy Koreya o‘ynagan guruhlar eng kuchlisi bo‘lib chiqdi. Aynan shu guruhlardan ikkitadan jamoa yarim final va finalga chiqdi», — dedi Ravshan Haydarov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas