3 533
PFL bosh direktori: «Arsenal», «Everton» va «Ayaks» klublari bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda
Bugun Toshkentda O‘zbekiston Superligasiga qura tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan «Xabar.uz» muxbiri O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurovdan intervyu oldi.
PFL bosh direktori o‘z so‘zida Yevropaning yetakchi jamoalari bilan klub akademiyalari va murabbiylarining tajribasini oshirish borasida muzokaralar ketayotganini ta’kidladi.
«Biz jamoalarning sonini qisqartirib, Oliy ligani Superligaga aylantirishdan maqsadimiz — jamoalarning raqobatbardoshligini oshirish. Qo‘yilgan talablar esa ularning o‘z ishiga bo‘lgan yondashuvini tubdan o‘zgartirishga undashdir. Bu harakatlarimiz o‘z samarasini bermoqda.
O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘zbek futbolini dunyo darajasiga chiqarish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilyapti. Xususan, jamoalar mutaxassislarini xorijda tahsil olish uchun yuboryapmiz. Mana yaqinda klub shifokorlari Yaponiya va Qatarga borib kelishdi. Shu bilan bir qatorda akademiyalar direktorlari hamda murabbiylarining malakasini oshirishni ham rejalashtirganmiz. Shu kunlarda «Arsenal», «Everton» va «Ayaks» klublari bilan bu borada muzokaralar olib borilmoqda», — dedi G‘ofurov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...