Avvalroq, futbol bo‘yicha Jahon chempionati kubogi Toshkentga olib kelingani va “Hyatt Regecy” mehmonxonasida shu munosabat bilan matbuot anjumani tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.
Kubok anjuman ishtirokchilariga taqdim etilgandan so‘ng, tadbirda ishtirok etgan FIFA elchisi futbol bo‘yicha 1998 yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritgan Kristian Karambyo, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov hamda Coca-Cola kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbariyati vakillari o‘z fikr mulohazalarini aytib o‘tdilar.
“Umid qilamizki, O‘zbekiston terma jamoasi yana to‘rt yildan so‘ng, Qatarda o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bir kun kelib bizning terma jamoa ham ushbu kubokni qo‘lga kiritadi va biz kubokni O‘zbekistonda qoldiramiz”, dedi Umid Ahmadjonov.
Rustam Qurbonov ushbu kubok O‘zbekistonga kelganidan xursand ekanligini aytib o‘tdi: “O‘zbekiston uchun Jahon kubogini qabul qilish va Mundial g‘olibini kutib olish katta sharafdir”.
“Barchaga xayrli kun tilayman. Jahon chempionati kubogi bilan birga O‘zbekistonga kelganimdan xursandman. Bizni kutib olganlarga rahmat aytmoqchiman.
O‘z o‘rnida yaqinda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasini ham tabriklayman. Ushbu chempionlik mamlakat futboliga, albatta, foyda keltiradi.
Sizning terma jamoangiz ham keyingi Jahon chempionatida qatnashishiga umid qilaman. Yurtingiz futboli ishonchli qo‘llarda. Terma jamoaga omad tilayman”, deb aytib o‘tdi Karambyo.
Coca-Cola rahbariyati vakili kubokning O‘zbekistonga olib kelinishiga izoh berdi:
“Jahon kubogini oldin bormagan mamlakatlarga olib borishni istadik. Shuning uchun ham O‘zbekiston tanlandi”.
Matbuot anjumanidan so‘ng FIFA elchisi bilan birgalikda Jahon chempionati kubogi barchaga namoyish etildi.
Keyin JCh kubogi “O‘zbekiston” sport majmuasiga yig‘ilganlarga namoyish qilindi.
Futbol bo‘yicha FIFA ning Jahon Chempionati kubogi – dunyo birinchiligi g‘oliblariga topshiriladigan, ammo FIFA ixtiyorida qoladigan asosiy sovrin. U sof oltindan yasalgan bo‘lib, vazni 6,142 kg ni tashkil qiladi. Uning kompozitsiyasida yer sharini qo‘llari bilan ko‘tarib turgan ikki inson aks ettirilgan. Rasmiy kubok 1974 yildan beri mana shunday shaklga ega.
FIFA qoidalariga ko‘ra, dunyodagi eng mashhur va qimmatli sport ramzlaridan birini faqat turnir g‘oliblari va davlat rahbarlari ushlashi mumkin. Kubok hech kimga butunlay berib yuborilmaydi. Uni qo‘lga kiritgan g‘olib jamoa afsonaviy kubokni keyingi mundialgacha o‘zida saqlaydi. Keyin esa uning oltin suvi yurtilgan nusxasini qabul qilib oladi.
Aynan shuning uchun ham noyob, yagona sanalgan mukofotni ko‘rishdek imkoniyatni – Coca-Cola kompaniyasi FIFA World Cup Trophy Tour doirasida barcha futbol muxlislariga taqdim etmoqda. Futbol ishqibozlari ana shu imkoniyatdan bajonidil foydalanishadi, axir boshqa payt bosh sovrinni faqat FIFAning Syurixdagi Jahon futboli muzeyida ko‘rish mumkin.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar