06:02 / 07.02.2018
6 024

O‘zbekiston terma jamoasini Karlush Keyrush boshqaradi

O‘zbekiston terma jamoasini Karlush Keyrush boshqaradi
Bugun futbolga ixtisoslashgan ayrim internet nashrlarida O‘zbekiston terma jamoasini Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari bilan bog‘landi.

Aytish kerakki, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi va O‘FAning birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun terma jamoa yangi murabbiyi bilan shartnoma imzolash uchun xorijga jo‘nab ketishi lozim edi. Biroq O‘FA vakillarining ma’lum qilishicha, Ahmadjonovning rejasiga kiritilgan ayrim o‘zgarishlar tufayli ushbu safar fevralning oxiriga qoldirilgan.

O‘FA vakili terma jamoamizni boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzod murabbiylar orasida Karlush Keyrush ham borligini tasdiqladi.

«Karlosh Keyrushning Eron terma jamoasi bilan shartnomasi Rossiyadagi jahon chempionatidan so‘ng yakuniga yetadi. Shu kunlarda murabbiy bilan muzokaralar davom etmoqda va fevral oyi yakunida bu borada aniq to‘xtamga kelinadi.

Shuni aytishim mumkinki, Keyrushning o‘zi ham aynan O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishga qiziqmoqda. U sakkiz yildan buyon eronliklarni ikki marta mundialga olib chiqdi va u O‘zbekistonni o‘zi uchun yangi chorlov sifatida ko‘rmoqda. U terma jamoamizni mundialga olib chiqish uchun qat’iy bel bog‘lamoqda», — dedi O‘FA vakili.

Aytishlaricha, fevral oyidan boshlab Keyrush yordamchilari terma jamoamizda rasman ish boshlaydi. Uning o‘zi esa jahon chempionati yakunlanishi bilanoq terma jamoamiz boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasini Karlush Keyrush boshqaradi