
Bundan biroz oldin Angliya Premer-ligasi 27-turidan o‘rin olgan “Tottenxem” hamda “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi va unda Xarri Keynning yagona goli evaziga “shporlar” 3 ochkoga ega chiqdi.
E’tiborlisi, “Shimoliy London derbisi”ni stadiondan turib tomosha qilish uchun “Uembli” stadioniga 83 222 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Bu APL tarixida eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan o‘yinga aylandi. Bundan avvalgi rekord esa shu yilning 1 fevral sanasida “Tottenxem” – MYu o‘yinida qayd etilgan edi.
O‘shanda 81 973 nafar tomoshabin o‘yinni “Uembli”da kuzatgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar