14:04 / 11.02.2018
3 781

Andrey Miklyayev: "Mavsumni g‘alaba bilan boshlamoqchimiz"

Андрей Микляев: "Мавсумни ғалаба билан бошламоқчимиз"
Avval xabar berganimizdek ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida "Lokomotiv" o‘z maydonida o‘z maydonida Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Vaxda" klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.

Bugun har ikkala jamoa murabbiyilari o‘rtasida o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning ikkinchi qismida "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Andrek Miklyayev ishtirok etdi.

"Avvalambor barchani boshlanayotgan yangi mavsum bilan tabriklayman. "Lokomotiv" bu mavsum o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan va shu bois jamoa Dubay hamda Turkiyada o‘tkazgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlar davomida bir qator kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘tkzdi. Bir so‘z bilan aytganda mavsumni g‘alaba bilan boshlamoqchimiz.

Biz ushbu bahs oldidang raqib jamoani sinchkovlik bilan o‘rganib chikdik. Mehmon jamoa ushbu bahsga jarohati sabab bir qator yetakchilarisiz tashrif buyurdi. Biroq, ushbu jamoa safida boshqa mahoratli futbolchilar ko‘p.

Bizda mavsum endi boshlanadi. Ammo, biz tayyorgarlik davomida "Krasnodar", "Rubin" va "Aberdin" kabi kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlar o‘tkazdik.

Ertangi o‘yinda faqatgina Salim Mustafoyev jarohati sabab maydonga tusholmasligi mumkin. Qolgan barcha futbolchilarimiz esa o‘yinga 100% tayyor.

Yelich o‘tgan mavsum "Olmaliq" safida ancha ishonchli o‘yinlar o‘tkazdi va o‘ylaymanki u Sherzod Fayziyevning o‘rnini munosib himoya qiladi. Nivaldoga kelsak, u bir necha mavsum Rossiya chempionatida to‘p surgan va tabiiyki rus tilida so‘zlasha oladi. U ham aksariyat braziliyalik futbolchilar singari yuqori texnikaga ega. Sardor Rashidov haqida esa ortiqcha gapirib o‘tirishning hojati yo‘q. Bunday futbolchining tarkibimizda borligidan xursandman.", - deydi Miklyayev.

Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Al-Vaxda" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:00 start oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Miklyayev: "Mavsumni g‘alaba bilan boshlamoqchimiz"