Ispaniya chempionati 24-turi doirasidagi bugunga belgilangan so‘nggi bahs o‘z poyoniga yetdi. «Betis» hamda «Real» o‘rtasida kechgan bahsda 3:5 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Ronalduning zarbasidan so‘ng darvozabondan qaytgan to‘pga Asensio bosh bilan zarba berib hisobni ochdi.
Ammo bu goldan so‘ng mezbonlar «gallaktikos» darvozasi oldida hujumlar yomg‘irini boshlashdi. Bu holat ko‘p o‘tmay hisobda ham o‘z aksini topdi. 34-daqiqada Aysa Mandi muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 37-daqiqada Nacho avtogol muallifiga aylandi, 2:1.
Birinchi bo‘lim mezbonlarning shu hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limni «Real» juda faol boshladi va 50-daqiqada Ramosning bosh bilan bergan zarbasidan so‘ng hisob tenglashdi. Bu goldan so‘ng o‘yin juda shiddatli va jangovor ruh olib davom etdi.
59-daqiqada Karvalning ajoyib hatti-harakatlari va chiroyli pasidan so‘ng Asensio dubl qayd etib hisobni madridliklar foydasiga o‘zgartirdi, 2:3.
66-daqiqada hisob yana o‘zgardi. Bu safar Ronalduning aniq zarbasidan so‘ng hisob 2:4 ko‘rinishini oldi.
Shundan so‘ng o‘yin biroz sokinlashgandek bo‘ldi, ammo ketma-ket amalga oshirilgan o‘zgarishlar samarasini berib «Betis» yana «jangga» qaytdi va hisobni qisqartirdi. Gol muallifi Serxio Leon. Ammo bu hammasi emasdi.
Aniqrog‘i, zaxiradan maydonga tushgan Karim Benzema 90+2-daqiqada jamoasining 5-golini kiritib o‘yin taqdirini hal qildi.
Betis – Real Madrid 3:5 (2:1)
18 fevral, «Benito Vilyamarin»
Gollar: 0:1 – 11 Asensio, 1:1 – 33 Mandi, 2:1 – 37, avtogol Nacho, 2:2 – 50 Ramos, 2:3 – 59 Asensio, 2:4 – 65 Ronaldu, 3:4 – 85 Leon, 3:5 - Benzema 90+2.
Betis – Adan, Bartra, Amat (Garsiya, 75), Firpo, Mandi, Sanches, Budebuz (Telo, 81), Guardado (Leon, 81), Fabian Ruis, Barragan, Moron.
Real Madrid – Navas, Ramos, Marselo (Teo, 30), Karvaxal, Nacho, Kovachich, Kazemiro, Asensio, Vaskes, Beyl (Isko, 73), Ronaldu (Benzema, 89).
Ogohlantirishlar: Karvaxal (5), Barragan (44), Kovachich (46), Firpo (49), Ramos (55), Beyl (57), Moron (61), Kazemiro (81).
Manba: www.stadion.uz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi