
YeChL nimchorak finali doirasidagi "Chelsi" - "Barselona" uchrashuvi ertaga Londonda bo‘lib o‘tadi.
Kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi va londonliklar yarim himoyachisi Sesk Fabregas bellashuvdan oldin fikrlarini bildirib o‘tdi.
"U formada bo‘lsa, uni ushlab qolish mumkin emas. Messini to‘xtatish uchun butun jamoa juda yaxshi o‘ynashi kerak. Biz birga o‘ynaganimizda, bir-birimizni yarimta so‘zdan tushunardik. Menda boshqa hech kim bilan va hech qachon bunday bo‘lmagan. Lekin, bu men emas, u sababli edi. Men uchun Messi bilan o‘ynash quvonchli edi", - dedi Fabregas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar