
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha Ispaniya chempionatida o‘zining 300-golini urdi.
Portugaliyalik futbolchi “Alaves”ga qarshi bahsda (4:0) dublga erishdi. Ikkinchi gol yubiley bo‘ldi.
Hujumchi La ligada “Real” safida 285ta o‘yin o‘tkazdi. Ronaldu 300ta golni “Barselona” hujumchisi Lionel Messidan tezroq urdi.
Argentinalik futbolchi o‘zining 300-golini 326-uchrashuvida urgan edi.
Ronaldu 300ta to‘p kiritish uchun Messidan ko‘ra 41ta o‘yin kamroq o‘ynadi. Portugaliyalik La ligada har o‘yinda o‘rtacha 1,05tadan gol urmoqda.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar