
La Liganing 25-turida “Barselona” o‘z maydonida “Jirona”ni yirik hisobda taslim etdi.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq “Jirona” futbolchilari hisobni ochgan bo‘lishiga qaramay, birinchi bo‘limning o‘zida Suares va Messi ikki bor raqib darvozabonini ranjitishdi. Ikkinchi bo‘limda Koutino va Suares gol urib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minlashdi.
“Barselona” ushbu g‘alabadan keyin 65 ochko bilan turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. “Jirona” 34 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar