14:30 / 25.02.2018
4 265

Rossiya o‘z tarixida birinchi marta hokkeyda olimpiada chempioni bo‘ldi

Rossiya o‘z tarixida birinchi marta hokkeyda olimpiada chempioni bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarining hokkey musobaqasi nihoyasiga yetdi.

Finalda Rossiyalik olimpiyachi atletlar jamoasi Germaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Dramatik ruhda kechgan finalda ruslar avvaliga ikki marta hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, uchinchi davra so‘ngida 2:3 hisobida ortda borishayotgandi. Shundoq ham bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan jamoa o‘yin tugashiga 55 soniya vaqt qolganida hisobni tenglashtirdi.

Overtaymda esa Rossiya to‘liq ustunlikni qo‘lga oldi “4+4” ko‘rinishida davom ettirilgan o‘yinda nemislar vakili klyushkasi bilan rossiyalik hokkeychining yuziga zarba berib yubogani uchun ikki daqiqaga chetlatildi. Uch kishi qolgan Germaniya esa himoyada uzoq vaqt dosh bera olmadi. Kaprizov tomonidan kiritilgan oltin shayba jamoaga g‘alaba keltirdi.

Natijada o‘z tarixida birinchi marta Qishki olimpiadalarda oltin medalni qo‘lga kiritdi. So‘nggi marta 1992 yilda MDH davlatlaridan iborat terma jamoa oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Germaniya kumush medal, uchinchi o‘rin uchun bahsda Chexiyani yenggan Kanada bronza medal bilan taqdirlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya o‘z tarixida birinchi marta hokkeyda olimpiada chempioni bo‘ldi