21:09 / 28.02.2018
4 028

Bektemir Meliqo‘ziyev nega janglarda ko‘rinmay qolganiga izoh berdi

Bektemir Meliqo‘ziyev nega janglarda ko‘rinmay qolganiga izoh berdi
Butunjahon boks seriyasida (WSB) musobaqalarda qatnashayotgan “Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi, -81 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Bektemir Meliqo‘ziyev “Colombia Heroicos”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bektemir so‘nggi vaqtlarda nima sababdan kam ko‘rinish berganini ham izohladi.

«Hamburgda o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng belimda jarohat bor edi. O‘sha jarohatimni davolatib olishga qaror qildim. Muolajalarni tugatib, mashg‘ulotlar orqali yana qaytdim. Ertangi jang 2018 yildagi ilk ringga chiqishim bo‘ladi.

Raqiblarimiz nomi ma’lum bo‘lgach, ular haqidagi ma’lumotlarni internet orqali topishga harakat qildik. Raqibimning janglari yozilgan videolarni ko‘rib, uni o‘rgandik. Murabbiylar bilan tahlil qilib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik», deya gapirib o‘tdi Meliqo‘ziyev KUN.UZ muxbiriga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev nega janglarda ko‘rinmay qolganiga izoh berdi