
Bugun, 1 mart kuni Toshkentdagi O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida katta boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda.
Navbatdagi jangda -69 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mahmud G‘oipovga Aleksander Rangel raqiblik qildi.
Ushbu jangning birinchi raundida kolumbiyalik sportchi ustunlik qildi. Ikkinchi raundda G‘oipov raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Uchinchi raund ham G‘oipov hisobi yozildi.
Shundan so‘ng Rangelning ustozlari uni ringga qaytarishmadi va O‘zbekiston vakili yana texnik g‘alabaga erishdi.
Ushbu jangdan so‘ng “Uzbek Tigers” - “Colombia Heroicos” jamoalari o‘rtasidagi hisob 2:1 ko‘rinishiga keldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar