21:42 / 04.03.2018
3 719

Superligada bo‘lib o‘tgan 1-tur yakunlari

Superligada bo‘lib o‘tgan 1-tur yakunlari
1 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bellashuvlari rasman start oldi. Tur doirasida 6 uchrashuv o‘tkazilib, 3 o‘yinda durang natija qayd etildi.

Mavsumning birinchi o‘yinida mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” Navoiyda “Qizilqum” mehmoni bo‘lib, 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. O‘tgan mavsum to‘purari Marat Bikmayev mavsumning ilk goliga mualliflik qildi. Ushbu yirik g‘alaba evaziga “temiryo‘lchilar” ilk turdanoq turnir jadvalida peshqadamlik qila boshladi.

Kunning ikkinchi o‘yini Farg‘onada o‘tib, “Neftchi” Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi. O‘FA vitse-prezidenti ko‘z o‘ngida to‘p surgan jamoalar golsiz durangga imzo chekishdi. Uchrashuvdan keyin mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev natijadan qoniqish hosil qilmagani haqida aytib o‘tdi.

2 mart kuniga ikki o‘yin belgilangandi, “Paxtakor” va “So‘g‘diyona” uchrashuvi o‘z vaqtida o‘tkazildi, “Metallurg” va “Navbahor” uchrashuvi bekobodliklar iltimosiga ko‘ra (maydon tayyor bo‘lmagan) 4 martga ko‘chirildi.

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qilgan “Paxtakor” 2:0 hisobida ustun keldi. Ikkinchi bo‘lim boshida Sherzod A’zamov hisobni ochdi, uchrashuv yakuni arafasida portugaliyalik hujumchi Ismoil Gonsalvesh penaltini aniq amalga oshirdi.

“So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yin vaqtida “Paxtakor” stadioni projektorlaridan biri o‘chib qoldi va bu katta shov-shuv keltirib chiqardi.

3 mart kuni esa “Bunyodkor” Olmaliqning “OGMK” klubini qabul qilib, o‘yin oxirida urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi - 1:1.

“Buxoro” mavsumni g‘alaba bilan boshladi. “Qo‘qon-1912” klubini qabul qilgan buxoroliklar 1 gol evaziga 3 ochkoga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda, 2 kunga kechiktirilgan “Metallurg” “Navbahor” uchrashuvida ham kuchlar teng keldi - 0:0.

O‘zbekiston Superligasi
1-tur

“Qizilqum” — “Lokomotiv” 0:3
Gollar:
Marat Bikmayev, 33 (0:1). Ikrom Aliboyev, 57 (0:2). Sardor Mirzayev, 90 (0:3).

“Neftchi” — “Nasaf” 0:0

“Paxtakor” — “So‘g‘diyona” 2:0
Gollar:
Sherzod A’zamov, 49 (1:0). Ismoil Gonsalvesh, 82-pen (2:0).

“Bunyodkor” — OGMK 1:1
Gollar:
Yovan Jokich, 39-pen (0:1). Davron Umirov, 88 (1:1).

“Buxoro” — “Qo‘qon-1912” 1:0
Gol:
Artyom Filiposyan, 77 (1:0).

“Metallurg” – “Navbahor” 0:0

Turnir jadvali

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligada bo‘lib o‘tgan 1-tur yakunlari