
Yevropa chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan PSJ hamda “Real” uchrashuvi yakuniga yetdi.
O‘yin ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Real”ning foydasiga hal bo‘ldi va madridliklar musobaqa chorak finaliga yo‘llanmani haqli ravishda qo‘lga kiritishdi.
51-daqiqada Marselonining uzatmasidan so‘ng Ronaldu baland sakrab, to‘pni darvozaga yo‘llab qo‘ydi. Shundan so‘ng parijliklar 66-daqiqaqada 10 kishi bo‘lib qolishdi. Hakamga nimalarnidir tushuntirmoqchi bo‘lgan Marko Verratti ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi.
Keyinchalik madridliklar asosan qarshi hujumlarda o‘ynashni ma’qul ko‘rishdi, lekin 71-daqiqada Pastore va Kavanilarning harakati evaziga hisob tenglashdi. Biroq, oradan 9 daqiqa o‘tib, Kazemiro PSJ himoyasida yuzaga kelgan xato evaziga javob to‘pini kiritdi va “qirollik klubi”ning safarda g‘alaba qozonishiga katta hissasini qo‘shdi.
Shu tariqa, Neymarsiz o‘ynagan PSJ Parijda ham mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani muddatidan oldin tark etdi.
YECHL, nimchorak final.
Javob o‘yini.
PSJ Fransiya – Real Madrid Ispaniya 1:2.
Gollar: 0:1 – 51 Ronaldu, 1:1 – 71 Kavani, 1:2 – 80 Kazemiro.
PSJ – Areolya, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Markinos, Verratti, Motta (Pastore, 59), Rabo, Di Mariya (Draksler, 76), Mbappe (Diarra, 85), Kavani.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Vaskes, Kovachich (Kroos, 71), Kazemiro, Asensio (Isko, 82), Benzema (Beyl, 76), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Verratti (20), Kovachich (32), Ramos (78), Kavani (84).
Chetlatish: Verratti (66).
Dastlabki uchrashuv: 1:3.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar