15:39 / 12.03.2018
3 056

Gretsiyada mojaro. PAOK egasi maydonga qurol bilan yugurib chiqdi

Gretsiyada mojaro. PAOK egasi maydonga qurol bilan yugurib chiqdi
Gretsiya chempionati yetakchilarining uchrashuvi mojaro bilan yakun topdi. PAOK – AYeK o‘yini 0:0 hisobida, bahs oxirlarida to‘xtatildi, deb yozadi Kun nashri.

«Ikki boshli burgutlar» so‘nggi daqiqalarda gol kiritishdi, u g‘alaba keltirishi lozim edi. Biroq hakam Georgios Kominis golni hisobga olmadi va Maurisio ofsaydda bo‘lganini bildirdi. Mezbonlar Kominisning qaroriga qo‘shilishmadi hamda bellashuvni davom ettirishdan bosh tortishdi. Maydonda har ikki klub vakillari ishtirokida tartibsizlik kelib chiqdi. Ishga PAOK egasi Ivan Savvidi ham aralashdi, u tribunalardan tushib keldi. Shu bilan birga, fotosuratchilar unda o‘q otar qurol bo‘lganini qayd etishgan.

Savvidi go‘yoki AYeK rahbarlaridan biri Vasilis Dimitriadisga tahdid qilib, unga «endi sen - murdasan» degan. Shundan so‘ng o‘yinchilarga kiyim almashtirish xonasiga ketish haqida topshiriq bergan.

Ikki soat o‘tib, uchrashuv PAOKning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangani haqida xabar kelgan. Tribunalar ostidagi xonada ushbu epizod va o‘yinni davom ettirish bo‘yicha maslahatlashuvlar ikki soat davom etdi. Hakam golni inobatga olishga rozi bo‘ldi, AYeK esa xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gretsiyada mojaro. PAOK egasi maydonga qurol bilan yugurib chiqdi