OChL 4-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Duhail" (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyayev ishtirok etdi.
Nima ham derdim, agarda savollar bo‘lsa, marhamat", - deya gap boshladi Andrey Miklyayev.
- OChLda ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lubiyat. "Lokomotiv"ga nima bo‘ldi?
- Demak "Lokomotiv"ga mahorat yetishmayapti. Uchta o‘yindan ikkitasini "Al Duhail"ga yutqazdik. "Al Duhail" nafaqat guruh yetakchisi, balki Osiyoning eng kuchli jamoasi desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayni paytda "Al Duhail" juda kuchli, o‘zining optimal sport formasida. 9 yildirki bu jamoa deyarli bir xil tarkibda o‘ynamoqda, o‘zaro tushunish va o‘yin tashkil etish yuqori saviyada. "Al Duhail" jismoniy jihatdan ham ancha yaxshi formada ekanligi ko‘rindi. Biz ham raqibni o‘yinini o‘rganib, chuqur tahlil qilgandik. Umuman olganda, bugungi baxsda ularni o‘yin borasida bizdan kuchli deb aytmagan bo‘lardim. Ikkita xato qildik va bu qimmatga tushdi.
- "Lokomotiv" o‘rin olgan "kvartet" "o‘lim" guruhi emasdi. "Lokomotiv" potensial jihatdan bu raqiblarga qarshi bemalol raqobat tug‘dirishga qodir. Ammo 4-turdan keyingi holat ancha mushkul. Jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatlari juda pasayib ketdi...
- Yana ikkita o‘yin bor. O‘sha uchrashuvlardan keyin xulosa qilsa bo‘ladi. Nazariy jihatdan hali imkoniyatlarimiz mavjud. Minimum imkoniyatdan maksimum foydalanishga harakat qilamiz. Bugungi guruhdagi ikkinchi bahs qanday natija bilan tugashini kutamiz. Bu ham biz uchun muhim o‘yinga aylanmoqda.
- "Lokomotiv" guruhda qolib ketsa, unda murabbiylar shtabi iste’foga chiqadimi?
- Bu savol menga emas. Klub rahbariyati bu savolga javob beradi.
- Muhammadiyev o‘yinni tugatib qo‘ya olmasmidi?
- Majburiy o‘zgarish bo‘ldi. Agarda Shuhrat Muhammadiyev o‘yinni tugatib qo‘ya olganida uni almashtirmagan bo‘lardik. Hozir barcha aybni Salim Mustafoyevga ag‘darmaslik kerak. G‘alaba qozonganda jamoa yutadi. Mag‘lubiyat ham butun jamoaniki. Biz ham juda xafamiz. Ammo bu futbol. Futbolda bu kabi holatlar uchrab turadi. Mag‘lubiyat futbolning bir bo‘lagi.
- "Lokomotiv" birinchi bo‘limning oxirgi 20 daqiqasini ajoyib o‘tkazdi. Nega tanaffusdan keyin jamoa erta himoyaga o‘tib oldi?
- Chunki 90 daqiqa davomida raqibga nisbatan faol pressing qo‘llashning imkoni yo‘q. Shu boisdan ham ikkinchi bo‘limda hisobdan kelib chiqib o‘ynadik. Biz ham futbolchilarga ko‘proq qarshi hujumlarga o‘tish kerakligini aytdik.
- Nivaldo o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlashga tayyor emasmidi?
- Yo‘q, Nivaldo hali jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmagan. Bugun uni asosiy tarkibda qo‘yganimizda bu juda katta tavakkal bo‘lardi. Chunki birgina noto‘g‘ri harakat bilan 6 oyga safdan chiqish ehtimoli mavjud edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi