O‘zbekistonlik futbolchi Rossiyaning "Anji" klubida o‘ynaydi

O‘zbekistonlik futbolchi Rossiyaning "Anji" klubida o‘ynaydi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi futbolchisi Dostonbek Hamdamov Mahachqalaning "Anji" klubiga o‘tdi. Bu haqda RFPLning rasmiy sayti xabar bermoqda, deb ma’lum qiladi Sputnik nashri.

Dostonbek Hamdamov 15 mart kuni "Anji"ning Rossiya chempionatida ishtirok etadigan qaydnomasidan joy olgan.

Transfermarkt.de saytida uning transfer summasi 1 million yevro deb ko‘rsatilgan.

Hamdamov "Bunyodkor" safida o‘tgan mavsumda 30 uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urishga erishgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar