Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvida rekord natija qayd etildi. Shu kuni Namangandagi “Markaziy” stadioniga 25300 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu hozircha joriy mavsumdagi stadionga muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord natijadir.
Aslida Namangandagi stadionga 21913 nafar muxlis sig‘ishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. Lekin kecha katta futbolni sog‘ingan muxlislar sevimli jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun tribunalar zinalari, uning atroflaridan joy olishdi.
Namangandagi mavsumning ochilish marosimida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan birga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov, Namangan shahri hokimi, “Navbahor” klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etdi.
“Navbahor” klubi 3-turdan o‘rin olgan uchrashuvda mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi