Superliganing 3-tur doirasidagi "Paxtakor" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze qatnashdi.
Shota Arveladze: - AGMK jismoniy kuchga tayangan futbol namoyish etadi. Ular standart vaziyatlarida, ya’ni jarima zarbalari, burchak to‘plari hamda yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritishda xavfli. Raqib 5 himoyachi taktikasida o‘ynashi tufayli ularga qarshi bahsda vaziyatlar yaratish mushkul. Ular "Bunyodkor" bilan o‘yinda ham, o‘z maydonida kechgan "Navbahor"ga qarshi bellashuvda ham himoyaviy o‘yin ko‘rsatishgandi. Shuni alohida e’tirof etishim kerakki, biz birinchi bo‘limda taktik taraflama juda yaxshi o‘ynadik. Tanaffusga qadar urilgan ikkitadan goldan tashqari yana minimum 2 ta to‘p kiritishimiz lozim edi. Ammo bunday bo‘lmadi.
Futbol shunday o‘yinki, bir qarashda hammasi risoladagidek ketayotgandek ko‘rinadi, ammo birgina xato barchasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ikkinchi bo‘limda esa vaziyat biroz o‘zgardi. Tanaffusdan so‘ng jamoa yaxshi harakat qilgan vaziyatlar ham bo‘ldi, shuning barobarida xatolar ham vujudga keldi. Umuman olganda jamoam juda yaxshi o‘yinni o‘tkazdi. Biz bugun ikkitadan ko‘p gol urish yetarlicha vaziyatlar sodir etdik. Asosiysi, bugungi bahsda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Biz hisob 2:0 bo‘lgach himoyaviy o‘yin ko‘rsatmadik. Kerakligicha hujumga o‘tdik. Ikkinchi o‘yindirki gol o‘tkazib yuboryapmiz. Aynan shu jihat ko‘ngilni xira qilmoqda.
Men oilaviy sabablarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga Marokash va Senegalga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlariga bora olmayman. Tunda Istanbulga uchib ketaman.
Matbuot anjumanida uchrashuvda "Paxtakor" safida eng yaxshi futbolchi bo‘lgan Tiago Bezerra ham qatnashdi va o‘yin borasidagi fikrlarini bildirdi.
Tiago Bezerra: - O‘yinni juda yaxshi boshladik va dastlabki 15-20 daqiqa ichida uchrashuv taqdirini hal etishimiz mumkin edi. Shunga qaramay juda kerakli g‘alabani tantana qildik. Uyda g‘alaba qozonish juda ham muhim. Garchi tablodagi hisob yiriklashmagan bo‘lsada, turnir jadvali uchun bizga muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. G‘alabadan albatta juda ham xursandmiz. FIFA kunlari bois yuzaga kelayotgan tanaffusda yanada jiddiyroq ishlab, kelgusi uchrashuvlarga hozirlik ko‘ramiz. Nega bor mahoratimni ko‘rsata olmayapman? Turkiyada men ko‘proq individual harakatlarimni ishga solib, o‘zim uchun ham o‘ynaganman. Bu yerda esa asosan jamoa uchun o‘ynayotganim bois, hali to‘liq potensialimni namoyish eta olmayapman. Men ko‘proq murabbiy mendan talab qilayotgan va u istayotgan o‘yinni ko‘rsatishga harakat qilaman. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi