
Farg‘onaga yetib kelgan Osiyo chempionlari katta tantana bilan kutib olindi.
Kutib olish marosimida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Keniya OTJga qarshi bo‘lajak o‘yinlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Farg‘onalik futbol ixlosmandlari bizni yuqori darajada kutib olishdi. Buning uchun ularga katta rahmat.
23 va 26 mart kunlari Keniya olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazamiz. Bu o‘yinlarga jiddiy tayyorganlik ko‘rdik.
26 mart kuni “Istiqlol” stadioni xuddi 2015 yilgi Yangi Zelandiya bilan bo‘lgan uchrashuvdagi kabi to‘lib-toshishiga ishonamiz. Vodiyda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Biz ham chiroyli o‘yinimiz va g‘alabalarimiz bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Ravshan Haydarov.
Manba: www.the-uff.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar