O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Umid Ahmadjonov Dubay shahrida BAA futbol assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Hazzam Al-Daheriy bilan uchrashdi deya xabar bermoqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi.
Uchrashuv davomida 2019 yil BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasining tashkiliy masalalari muhokama qilindi hamda ushbu musobaqaga O‘zbekistondan volontyorlar – ko‘ngillilarni yuborib, bunday yirik musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish tajribasini o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va BAA futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida imzolangan memorandum asosida har ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish, almashuv asosida hakamlarni Kubok finallari va o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb qilish bo‘yicha ham suhbat olib borildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi