“Nasaf” – “Persepolis” jamoalari o‘rtasidagi bo‘ladigan uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev hamda himoyachimiz Igor Golbanlar ishtirok etishdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: - Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Ular deyarli mamlakat chempionligini hal qilib bo‘lishdi. Endi ular bor e’tiborini OChLga qaratgan. Raqibimiz hozirgi paytdagi Eronning eng yaxshi jamoasi hisoblanadi. Shuni hisobga olib, ertaga bo‘ladigan o‘yinni biz uchun murakkab deb hisoblagan bo‘lardim. Shularga qaramasdan biz jamoamizni imkon darajasida o‘yinga yaxshi tayyorlashga harakat qildik. Biz uchun ertaga oxirgi imkoniyat bo‘ladi. Bizda ozgina bo‘lsada raqibimizga nisbatan imkoniyat bor, bundan foydalanishimiz zarur.
Osiyo chempionlari ligasida ochiq futbol o‘ynash og‘ir oqibatga olib kelish mumkin. Biz ertaga himoyada ham tartibli o‘ynashimiz kerak. Biz bu o‘yinda g‘alaba uchun o‘ynashga majburmiz. Cheranning ertaga maydonga tushish tushmasligi bugun aniq bo‘ladi. Afsuski uning holatidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, u to‘liq bizga yordam berishga tayyor emas. Bizga u keyingi o‘yinlarga ham kerak bo‘ladi. Shuning uchun balki ertaga tavakkal qilmasligimiz ham mumkin. Ammo qisqa bo‘lsa ham uni ertaga maydonga tushirish niyatimiz bor. Ertaga qaysi futbolchilarimiz to‘liq tayyor bo‘lsa, shu o‘yinchilarimiz maydonga tushiriladi. Doniyor Narzullayevbiz bilan umumiy guruhda bir hafta mobaynida shug‘ullanayapti. Uning ahvoli ancha yaxshi, futbolchimiz bizga yordam berishga tayyor.
To‘g‘ri, ba’zi o‘yinchilarimizda jismonan charqoq bo‘layotgani haqida ko‘p gapirilayapti. Ammo futbolchi bunga qaramasdan, muhim o‘yinlarga kuch topa olishi kerak. Masalan, Azizjon G‘aniyev ketma-ket o‘yinlarda maydonga tushishiga qaramasdan o‘zida kuch topa olayapti va borini berayapti. Professional futbolchi aslida shunday bo‘lishi kerak.
“Persepolis” jamoasining keyingi o‘yinlarini ko‘rib, o‘rganib chiqdik. Jamoa jismonan va taktik kuchli o‘yin ko‘rsata oladi. Shuningdek himoyada deyarli xato qilmaydi. Biz esa ertaga ularni xato qilishga majbur qilishimiz talab etiladi. Takroran aytaman bizni ertaga faqat g‘alaba qoniqtiradi. Muxlislarimizga ham fursatdan foydalanib murojaat qilmoqchiman, ertaga biz uchun ularning daldasi ham har qachongidan zarur. Agar ularga o‘yinimizga ko‘proq tashrif buyurib, bizni qo‘llab-quvvatlashsa bu ham bizga qo‘shimcha kuch beradi.
Igor Golban: - Biz ertaga bo‘ladigan o‘yinda faqat uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun maydonga tushamiz. Guruhimiz turnir jadvalidagi holatimiz shuni taqazo etadi. Hatto bizni durang natija ham qoniqtirmaydi. Shuning uchun ertaga bo‘ladigan o‘yinda faqat g‘alaba qozonish.
Manba: www.fcnasaf.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi