date
views 3 885

PFL va La Liga o‘rtasida memorandum imzolandi (foto)

PFL va La Liga o‘rtasida memorandum imzolandi (foto)
O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashgani haqida avval xabar berilgandi. Uchrashuv davomida “Real Madrid” akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekistonda “Qirollik klubi” akademiyasini ochish bo‘yicha ish tartibi kelishib olindi.

Kecha Omon G‘ofurov Madridda La Liga qarorgohida bo‘lib, tashkilot vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Ispaniya chempionati musobaqalarini o‘tkazish, translyatsiya masalalari, marketing yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mana shu masalalarga bag‘ishlangan 8 soatlik taqdimot marosimi PFL bosh direktori Omon G‘ofurovga namoyish qilindi.

Shundan so‘ng Omon G‘ofurov La liga bosh direktori Xavyer Gomes bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi. La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Uchrashuv oxirida 2020 yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, transyalsiyalar va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PFL va La Liga o‘rtasida memorandum imzolandi (foto)