10:01 / 12.04.2018
3 997

Madridda drama. «Yuventus» yutdi, «Real» esa yarim finalda (video)

Madridda drama. «Yuventus» yutdi, «Real» esa yarim finalda (video)
Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida mezbon «Real» jamoasi Turinning «Yuventus»ini qabul qildi. Birinchi uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan Zidan shogirdlari o‘yinni ancha xotirjam boshladi va buning uchun jazolanishdi. «Yuventus» birinchi bo‘limda Mario Manjukichning ikki goli sabab oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘limda esa Keylor Navasning xatosidan Blez Matyuidi unumli foydalanib, ikki o‘yin natijasini tenglashtirdi.

O‘yinning kuliminatsion nuqtasi bo‘lim so‘nggida yuz berdi. Qanotdan uzatilgan to‘pni Ronaldu Lukas Vaskesga tashlab berdi. Mehdi Benatia esa Vaskesni jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Angliyalik hakam Maykl Oliver esa 11 metrli jarima to‘pini «Yuventus» darvozasi tomon belgiladi. Hakam penalti belgilagan vaziyatda unga e’tiroz bildirgan Turin klubi sardori Janluiji Buffon esa maydonni qizil kartochka olib tark etdi. Belgilangan jarima to‘pini Krishtianu Ronaldu aniq amalga oshirib, «Real»ning ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalga chiqishini ta’minladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
Chorak final bellashuvi

«Real» — «Yuventus» 1:3
Gollar:
0:1 – 2 Manjukich, 0:2 – 37 Manjukich, 0:3 – 60 Matyuidi, 1:3 – 90, penalti Ronaldu.

«Real»: Navas, Karvaxal, Valexo, Varan, Marselo, Kazemiro, Modrich, Kroos, Isko, Beyl, Ronaldu.

«Yuventus»: Buffon, De Shilo, Kellini, Benatiya, Aleks Sandro, Pyanich, Matyuidi, Xedira, Duglas Kosta, Manjukich, Iguain.
Ogohlantirishlar: Pyanich (17), Karvaxal (22), Mandjukich (29), Lixtshtayner (36), Aleks Sandro (67), Duglas Kosta (73), Marselo (81), Benatiya (90).

Chetlatish: Buffon (90).


Ilk o‘yin: 3:0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Madridda drama. «Yuventus» yutdi, «Real» esa yarim finalda (video)