Foto: www.the-uff.com
Kecha Umid Ahmadjonov O‘FA birinchi vitse-prezidenti sifatida Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Emomali bilan uchrashdi.
O‘FA rasmiy saytida yozilishicha, uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — qo‘shni respublika futboli qit’ada o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun o‘zaro hamkorlik qilishdan iborat. Ma’lumki, Tojikiston milliy terma jamoasi 2019 yil BAA mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Shunga qaramay, mahalliy futbol muxlislari yaqin kelajakdagi katta g‘alabalardan umidvor.
Bu yo‘lda ikki qo‘shni mamlakat futbol uyushmalarining o‘zaro hamkorligi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin. Kelishuvga ko‘ra, Tojikiston futbol klublari o‘zining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishi uchun O‘zbekistonda imkoniyatlar kengaytirib beriladi.
Bir necha yillardan buyon kuzatilmayotgan klublar va terma jamoalar miqyosidagi o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarini tiklash ustida ish olib boriladi. Bu borada MOQ hamda O‘FA tojikistonlik sportchilarni kutib olishga doim tayyor turadi.
«Qayd etish kerak, Umid Ahmadjonov CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston futbol assotsiatsiyalari) prezidenti ham hisoblanadi. Tojikiston ham unga a’zo ekanidan kelib chiqilsa, endi qo‘shni mamlakat futbol federatsiyasi ham mazkur assotsiatsiyaning faol a’zosiga aylanadi hamda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari masalasiga e’tibor qaratadi. O‘zbekiston sporti esa faqatgina shu bilan to‘xtab qolmaydi va qolgan qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilish masalalari ustida ham ish olib boradi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi