19:41 / 12.04.2018
4 703

«Yuventus» — futbol mafiyasi qurboni bo‘ldimi? Penalti haqida kim qanday fikrda?

«Yuventus» — futbol mafiyasi qurboni bo‘ldimi? Penalti haqida kim qanday fikrda?
«Real» – «Yuventus» bahsidagi penalti ko‘pchilik tomonidan turlicha qabul qilindi. Keling, ularga quloq tutamiz.

Ronaldu: «Qarshi chiqishganiga tushunmadim, Lukasni ortidan turtib yubordi, aks holda u gol urardi».

Benatiya: «Vaskesdan ilgarilab ketdim va to‘pga o‘ynadim. Oyog‘imga tegib to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Vaskes shunchaki yiqildi. O‘sha vaziyatda u boshqa narsa qila olmasdi. Biz vaziyat qurboniga aylandik».

Vaskes: «Shubhasiz, penalti bor edi. Hujumni yakunlamoqchi bo‘lganimda himoyachi meni ortimdan turtib yubordi».

Kellini: «Kimdir hayron qoldimi? O‘tgan yili «Bavariya» ana shunday holatga tushgan edi. Endi biz...».

Zidan:
«O‘sha vaziyatni qo‘rmay qoldim. Menga penalti bo‘ldi deyishdi. Hakam belgiladimi, uni o‘zgartira olmaymiz».

Allegri: «Hakam qarorini muhokama qilishni xohlamayman. Futbolchilarimga achinaman, xolos».

Buffon: «Referi butun jamoa kuchini arzimagan vaziyat bilan yo‘qqa chiqardi. U jamoani turnirdan bunday holatda chiqarib yubormasligi kerak edi. Uning ko‘kragida yurak bo‘lishi kerak, chiqindi qutisi emas! Bu 10 foiz ham penalti emas edi».

Anelli («Yuventus» prezidenti): «UYeFA malakali hakamlar va VAR tizimidan foydalanishi kerak. Arbitr nazoratni butkul qo‘ldan chiqardi. U haqiqiy holatni ko‘rganida, hammadan ko‘proq xafa bo‘lishi turgan gap».

Itturalde (ispaniyalik sobiq hakam): «Ortdan tegib ketish bu penalti uchun asos bo‘lmaydi. Bu qoida buzilishi emas!».

Chilavert (paragvaylik sobiq darvozabon): «Futbol mafiyasi «Yuventus»ni o‘yindan chiqarib yubordi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» — futbol mafiyasi qurboni bo‘ldimi? Penalti haqida kim qanday fikrda?