Ertaga bo‘ladigan “Al Vasl” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va himoyachi Igor Golban ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ro‘ziqul Berdiyev: - Ertaga bo‘ladigan o‘yinda har ikkala jamoada ham hech qanday bosim yo‘q. Shundan kelib chiqib, erkin va chiroyli o‘yin bo‘lishini taxmin qilish mumkin. Ikkala jamoa ham bu yilgi OCHL guruh bosqichida guruhdan chiqa olmadi. Aslida biz guruh bosqichidan chiqishga harakat qildik, ammo ayrim yetakchi futbolchilarimizning shu uchrashuvlarda bizga yordam bera olmagani ham bunga imkon bermadi. Shuningdek, safardagi uchrashuvlarda ochko yo‘qotishimiz ham bizni guruh bosqichidan chiqish imkonimizni pasaytirib yubordi.
Biz, albatta, “Al Vasl” jamoasini hurmat qilamiz, jamoa tarkibida tajribali hujumchilar bor. Ammo vaziyat qanday bo‘lmasin, biz ertaga mazmunli o‘yin namoyish etib, ijobiy natija uchun harakat qilamiz.
Igor Golban: - Murabbiyimiz to‘g‘ri ta’kidladi. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda ikkala jamoaga ham bosim bo‘lmaydi. Chunki, o‘yinning natijasi ikkala jamoa uchun ham unchalik ahamiyatga ega emas. Ammo biz ertaga chiroyli o‘yin namoyish etib, muxlislarimizni xursand qilishunga urinamiz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi