07:04 / 16.04.2018
3 557

«Manchester Siti» Angliyaning 5 karra chempioni

«Manchester Siti» Angliyaning 5 karra chempioni
«Manchester Siti» muddatidan avval Angliya chempionatining 2017/18 yilgi mavsumi g‘olibiga aylandi.

Premer-liganing 34-turida «Man Siti» safarda «Tottenhem»ni yenggandi (3:1), «Manchester Yunayted» esa bugun «Vest Bromvich»ga yutqazdi (0:1).

Jamoalarda mavsum yakuniga qadar 5 o‘yin o‘tkazishadi (ikki jamoada ham zaxiradagi bir tur bor), oradagi farq esa 16 ochkoni tashkil qilmoqda va endi Joze Mourino jamoasi qolgan turlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat’i nazar Pep Gvardiola jamoasini quvib yeta olmaydi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya chempionati oliy divizionida beshinchi marta g‘oliblikka erishdi (1936/37, 1967/68, 2011/12, 2013/14, 2017/18).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» Angliyaning 5 karra chempioni