Konte: "Venger futbol dunyosining hurmatiga loyiq"

Konte: "Venger futbol dunyosining hurmatiga loyiq"
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Arsenal" ustozi Arsen Vengerning bo‘lajak iste’fosi haqida gapirdi.

"Arsen "Arsenal"dagi faoliyati tufayli futbol dunyosining hurmatiga loyiq. U va Fergyuson - dunyoning eng yaxshi murabbiylari. Ular bir klubda uzoq vaqt ishlay olishdi. "Arsenal"da 22 yil - ajoyib. Arsen - futbolni zamonaviylashtirgan kam sonli insonlardan biri. U har doim hujumkor futbolni xush ko‘radi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi", - dedi Konte.

Venger "Arsenal"ni 1996 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar