Foto: «the-uff.com»
Janubiy Koreyaning Changvun shahrida 23 apreldan 6 mayga qadar 4-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yil Taylandda Jahon chempionligiga erishgan O‘zbekistonning zaif eshituvchilar terma jamoasi endi Osiyo chempionligi uchun kurashadi.
Murodjon Ahmedov boshchiligidagi terma jamoa Toshkentda 12 apreldan yig‘inga kirishgan bo‘lib, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig‘iga ko‘ra, zaif eshituvchilar terma jamoasi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi, deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida.
Terma jamoa a’zolari «Chig‘atoy» sport bazasida yashab, «Bunyodkor» stadionida ikki mahal mashg‘ulot olib borishdi.
Shuningdek, zaif eshituvchilar terma jamoasi a’zolari uchun O‘FA tomonidan sport ekipirovkalari taqdim etildi. Janubiy Koreya vizasi bilan bog‘liq masalalar hal qilinib, Toshkent-Seul-Changvun yo‘nalishi bo‘ylab aviachiptalar xarid qilindi.
Zaif eshituvchilar o‘rtasidagi 4-Osiyo chempionatiga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tarkibi:
Hakim Ahmedov
Temirmalik Tursunov
Mirazamat Obidov
Rustambek G‘oipov
Jaloliddin Sobitbekov
Jaloliddin Qarshiyev
Rustam Berdiyev
Suhbatjon Hasanboyev
Diyor Murodov
Mirzabek Ikramov
Saidbek Yoqubjonov
Bahrom Sadiuaxxasov
Nuriddin Boyto‘rayev
Faig Mamedov
Akmal Abdulakimov
Anvar Abdurahmonov
Mirkamol Agzamov
Murodjon Ahmedov (o‘ynovchi murabbiy) “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Pentagon mayori AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Kilian Mbappe va “Real” o‘rtasidagi shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi
Insondagi intellektual faollik qaysi yoshga to‘g‘ri keladi?