23:20 / 17.05.2018
3 681

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi
Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun 17 may kunidan boshlab 23 nafar futbolchidan iborat tarkib bilan yig‘inga kirishdi.

Ushbu yig‘in davomida olimpiyachilarimiz “Chig‘atoy” sport bazasida yashab, “Bunyodkor” stadionida mashg‘ulot olib boradilar.

Terma jamoamiz vakillari yig‘in davomida trenajer zalida mashg‘ulot o‘tkazishadi, murabbiylardan turli nazariy hamda taktik ko‘rsatmalar olishadi, so‘ngra bevosita stadionda mashg‘ulotni davom ettirib, nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.

Ushbu yig‘in 20 may kuniga qadar davom etadi. Quyida yig‘inda ishtirok etayotgan olimpiya terma jamoasi vakillari bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar:
Hamroyev Umidjon "Paxtakor"
Muhammadjonov Mashhur "Nasaf"
Jo‘rayev Hojiakbar "Paxtakor"

Himoyachilar:
Ochilov Rahmon – "Buxoro"
Aliqulov Muhammad – "Sho‘rtan"
G‘ofurov Husniddin – "Neftchi"
O‘lmasaliyev Avaz – "Neftchi"
Yo‘ldoshev Ibrohim – "Paxtakor"
Nasrullayev Sherzod – "Nasaf"
Hoshimov Doniyor – "Metallurg"
Salimov Alisher – "Paxtakor"

Yarim himoyachilar:
Izzatov Suhrob –"Bunyodkor"
Ismoilov Abrorbek – "Neftchi"
Umirov Davron – "Bunyodkor"
Toshqo‘ziyev Abror – "Metallurg"
Ibrohimov Doston – "Paxtakor"
Rashidxonov Islom – "Nasaf"
To‘xtasinov Nurillo – "So‘g‘diyona"
Ahmadov Jahongir – "Paxtakor"
Qodirqulov Sanjar – "Bunyodkor"

Hujumchilar:
Abdusalomov Jahongir –"Bunyodkor"
Amonov Azizbek – "Lokomotiv"
Temirov Sherzod – "Nasaf"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi