
«Manchester Siti» klubi bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan imzolangan shartnoma muddatini uzaytirdi.
Yangi mehnat bitimiga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis 2021 yil yoziga qadar jamoada ishlaydigan bo‘ldi.
«Yangi shartnoma imzolaganimdan baxtiyorman. Bu yerda ishlash menga katta zavq bag‘ishlamoqda. Tarkibimiz yosh, o‘rtacha 23 yoshli futbolchilar yig‘ilgan va biz oldinga qadam tashlab, bu mavsumda erishilgan darajani ushlab turmoqchimiz» - dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola «Manchester Siti»da 2016 yildan buyon ishlayapti. Joriy mavsumda uning shogirdlari Angliya chempionati va Liga Kubogida g‘alaba qozongan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar