06:00 / 22.05.2018
3 975

Xorvatiya JCh-2018ga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Xorvatiya JCh-2018ga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi
Xorvatiya terma jamoasining JCh-2018 musobaqasi uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.

Zlatko Dalich qaydnomaga 24 futbolchini kiritdi. Avvalroq Xorvatiya 31 futbolchidan iborat qaydnomani e’lon qilgandi.

Xabaringiz bor, JCh uchun zayavkadan ko‘pi bilan 23 futbolchi o‘rin oladi, shunday ekan xorvatlar ustozi ushbu ro‘yxatdan yana bir futbolchini chiqarib tashlashiga to‘g‘ri keladi.

Darvozabonlar: Daniyel Subashich («Monako»), Lovre Kalinich («Gent»), Dominik Livakovich («Dinamo», Zagreb);

Himoyachilar: Vedran Chorluka («Lokomotiv»), Domagoy Vida («Beshiktosh»), Ivan Strinich («Sampdoriya»), Deyan Lovren («Liverpul»), Shime Vrsalko («Atletiko»,), Yosip Pivarich («Dinamo», Kiyev), Tin Yedvay («Bayer»), Matey Mitrovich («Bryugge»), Duye Chaleta-Sar («Red Bull Zalsburg»);

Yarim himoyachilar: Luka Modrich, Mateo Kovachich (ikkisi – «Real»), Ivan Rakitich («Barselona»), Milan Badel («Fiorentina»), Marselo Brozovich («Inter»), Filip Bradarich («Riyeka»);

Hujumchilar: Mario Mandjukich («Yuventus»), Ivan Perishich («Inter»), Nikola Kalinich («Milan»), Andrey Kramarich («Xoffenxaym»), Marko Pyatsa («Shalke»), Ante Rebich («Ayntraxt»).

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya JCh guruh bosqichida Argentina, Islandiya va Nigeriya termalariga qarshi bahs yuritadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorvatiya JCh-2018ga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi