
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qachon butsilarini mixga ilmoqchi ekanini aytdi.
«Avval ham aytganman, 41 yoshimda faoliyatimni yakunlayman. Hozir o‘zimni xuddi 23 yoshdek his qilmoqdaman. Hali yana bir necha yil yuqori saviyada to‘p tepaman» - deb 33 yoshli futbolchi so‘zlarini keltirmoqda Bleacher Report Football.
Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu «Real» tarkibida 43ta o‘yinda maydonga tushib, 44ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar