17:36 / 30.05.2018
3 879

“PSJ” Ronaldu uchun “Real”ga katta mablag‘ taklif qilmoqda

“PSJ” Ronaldu uchun “Real”ga katta mablag‘ taklif qilmoqda
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini “PSJ”da davom ettirishi mumkin.

As nashri xabariga ko‘ra, parijliklar Qirollik klubi rahbariyati bilan ushbu futbolchini 150 mln yevro evaziga transfer qilish xususida muzokara o‘tkazgan, Ronaldu bilan shartnomada esa badal puli miqdori 1 mlrd yevroni tashkil qiladi.

As xabariga ko‘ra, “PSJ” futbolchining o‘ziga yiliga 45 mln yevrodan maosh to‘lashga tayyor, bu esa futbolchini klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi (Neymarning yillik maoshi miqdori 37 mln yevro). Bu orqali Ronaldu Lionel Messiga ham tenglashib oladi, “Barselona” o‘z yetakchisiga 40 million yevrodan ortiq yillik maosh to‘laydi.

“PSJ” rahbariyati Mbappe – Neymar – Ronaldu uchligini tuzishni rejalashtirgan, ammo bu rejaga ayrim to‘siqlar mavjud.

Birinchidan, madridliklar klubi Ronalduni qo‘yib yubormoqchi emas. Ikkinchidan, “Real” “PSJ”dan Neymarni olmoqchi va Ronalduni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi uchun braziliyalik futbolchini so‘rashi ham mumkin.

Bundan tashqari, UYEFA “PSJ”ni moliyaviy feyr-pleyga rioya etmaslikda ayblashi mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “PSJ” Ronaldu uchun “Real”ga katta mablag‘ taklif qilmoqda