Zidanning “Real”dan ketishiga Ronaldu sababchimi?

Zidanning “Real”dan ketishiga Ronaldu sababchimi?
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoani tark etishini rasman e’lon qildi. Fransiyalik mutaxassis bu borada o‘tkazilgan matbuot anjumanida uning ketishini Krishtianu Ronalduga aloqasi yo‘q ekanligini aytib o‘tdi.

“Yo‘q, buni ushbu narsaga umuman aloqasi yo‘q”, – deb aytib o‘tdi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduga “Real” tomonidan taklif etilgan yangi shartnoma shartlari yoqmaganligi aytilgan edi. “Real” prezidenti Florentino Peres Ronalduga EChL 2017 finalida “Yuventus” bilan o‘yindan so‘ng shartnoma bandlarini yangilashni va’da qilgan edi.

Dekabr oyida esa unga taklif etilgan yangi shartnoma ham Ronalduga yoqmagan edi va EChL 2018 finalida “Liverpul” bilan o‘yindan keyin esa jamoadan ketishiga sha’ma qilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar