“Real”ning barcha futbolchilari Zidan bilan xayrlashishdi, faqat bittasidan tashqari

“Real”ning barcha futbolchilari Zidan bilan xayrlashishdi, faqat bittasidan tashqari
Real”ning barcha futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning iste’fosidan so‘ng o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida u bilan xayrlashishdi.

Biroq, faqatgina Garet Beyl sobiq ustozi haqida hech narsa yozmadi. Ispan matbuoti esa bu holatni Beylning Zidan qo‘l ostida zahiraga “mixlangani” bilan bog‘lashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aynan Zidanning iste’fosidan so‘ng Beyl “Real” bilan kelishuvni uzaytirish borasida muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar