
Zinedin Zidanga yillik maoshi 50 million dollarlik ish taklif etishdi, deb yozadi Xabar nashri.
Misrlik taniqli biznesmen Nagib Saviris o‘zining “tvitter”ida yozishicha, Zidan faoliyatini Qatar terma jamoasida davom ettiradi. “Real”ning sobiq bosh murabbiyi qatarliklarni jahon chempionatiga tayyorlaydi. Nagibning aytishicha, Zidan yiliga 50 mln. yevro maoshga ega to‘rt yillik shartnomaga imzo chekadi:
Zidane joining qatar to coach national team for World Cup 2022. 50mn à year over 4 years ...
— Naguib Sawiris (@NaguibSawiris) May 31, 2018
Money talks ?
“Zidan JCH-2022da Qatar terma jamoasini boshqaradi. 4 yillik shartnoma, yillik maosh — 50 million yevro. Pul hammasini hal qiladimi?”
Nagib Saviris – misrlik biznesmen. U 2012 yilda “Forbes” tuzgan reytingda Misrning eng boy kishilari ro‘yxatida 3,1 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar