
Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidan 31 mayga jamoa murabbiylar shtabi a’zolari bilan rejalashtirilgan uchrashuvni, klubdan ketishini e’lon qilganidan bir kun avval bekor etgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Zidanning yordamchilari fransiyalikning jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etish haqidagi qaroridan qattiq hayratga tushishgan va buni mutaxassis navbatdan tashqari matbuot anjumani o‘tkazishidan avval bilishmagan.
Avvalroq, Zayniddin Zidan klubni Krishtianu Ronaldu shartnomasini uzaytirishdagi muammo sababli tark etishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Zidanni Ronaldu va Garet Beylning klubdagi kelgusi taqdiri bilan bog‘liq mavhumlik tashvishlantirgan. Bundan tashqari, Zidan va klub prezidenti Florentino Peres o‘rtasida transfer siyosati bo‘yicha ziddiyat yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Zayniddin Zidan 31 may kuni «Real»dan ketishi haqida rasman ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar