Allegri ham "Real"ga rad javobini berdi

Allegri ham "Real"ga rad javobini berdi
«Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ushbu yozda «Real» boshqaruviga kelmaydi.

Tuttosport nashrining xabar qilishicha, madridliklar italiyalik mutaxassisga Zinedin Zidanning o‘rinbosari sifatida qarayotgandilar, biroq Allegri ushbu taklifni rad etgan.

U ushbu mavsum ham «Yuventus»da qolishga va’da bergan. Biroq murabbiylar rokirovkasi kelasi mavsum yuz berishi mumkin, ya’ni Allegri «Real»ga o‘tishi, «Yuventus»ni esa Zidan boshqarishi mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar