
Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramos jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi JCh-2018 boshlanishiga bir kun qolganida ishdan haydalganiga munosabat bildirdi.
«Bizda shunday hissiyotki, xuddi dafn marosimida o‘tirgandekmiz, ammo aslida biz jahon chempionatidamiz - bu ajoyib hodisa. Biz oldinga qarab harakatlanishimiz zarur», - deya ma’lum qildi futbolchi Mirror’ga bergan intervyusida.
Shuningdek, Ramosning ta’kidlashicha, jahon birinchiligiga orzu bilan kelgan va butun jamoani o‘zining ortida harakatlanishga chorlaydi.
«Haqiqatdan ham yoqimsiz holat bo‘ldi. Xulen Lopetegi jamoamiz bir qismi edi, u bizga saralashdan o‘tishda yordam berdi. Biroq, mening fikrimcha, Ispaniya termasi shaxsiy narsadan ustun turishi kerak.
Biz bunga e’tibor qaratmasligimiz darkor. Yaqinda Yevropa chempionlari bilan to‘p suramiz, hamda ro‘y bergan voqeani qancha ertaroq unutsak, shuncha yaxshi bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar