Ronaldu: «Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi o‘yinimni o‘tkazdim»

Ronaldu: «Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi o‘yinimni o‘tkazdim»
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaga (3:3) qarshi JCh-2018 o‘yinidan so‘ng, o‘z fikrlarini aytdi.

«Juda baxtiyorman, bu jahon chempionatlaridagi eng yaxshi o‘yinim bo‘ldi. Jamoa ham baxtiyor, chunki biz yaxshi o‘ynadik. Ikki marta hisobda oldinga borayotgandik, ammo oxirida durang uchun kurashishga majbur bo‘ldik. Menimcha natija adolatli bo‘ldi» - deb Ronaldu so‘zlarini keltirmoqda FIFA sayti.

«Bu juda ahamiyatli voqea. Biz chempionat favoritlaridan biriga qarshi o‘ynadik. Portugaliya — favorit emas. Endi navbatdagi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak».

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu o‘yinda xet-trikka erishgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar