
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernando Yerro JCh-2018 guruh bosqichi doirasida Portugaliyaga (3:3) qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Raqibda Krishtianudek bunday ishlarni qilishga qodir futbolchi bor ekan... Ammo men jamoamdan qonidim. Hisobdagi farqni yo‘qqa chiqara olib, muhim qadam qo‘ydik.
Maydonda nima bo‘lishidan qat’iy nazar jamoa kurashdan va o‘ziga ishonishdan to‘xtamadi.
Diyego Kosta butun jamoa kabi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Men barchaning o‘yinidan qoniqdim», – deydi Yerro Telecinco kanaliga bergan intervyusida.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar