date
views 1 570

JCh-2018: Yaponiya Kolumbiyani magʻlubiyatga uchratdi

JCh-2018: Yaponiya Kolumbiyani magʻlubiyatga uchratdi
Rossiyada oʻtkazilayotgan futbol boʻyicha jahon chempionatining guruh bosqichi 1-tur oʻyinlari yakuniga etib bormoqda.
Mazkur uchrashuv oldidan koʻpchilik Kolumbiyaning qiyinchiliksiz gʻalaba qozonishini taxmin qilgandi. Biroq amalda buning teskarisi boʻldi.

Toʻrt yil oldingi mundialda eng kuchli sakkiz jamoaning biri boʻlgan kolumbiyaliklar bu oʻyinda unchalik ham oʻzlariga oʻxshamadilar.
Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq janubiy amerikaliklar darvozasi tomon belgilangan penaltini Kagava aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Shundan soʻng biroz faollashgan kolumbiyalik futbolchilar 1-taym oxirlarida Kinteroning golidan soʻng muvozanatni tikladilar.
Uchrashuvning 73-daqiqasida Osako kiritgan gol oʻyinda yagona boʻlib qoldi va yaponlarga gʻalaba olib keldi.

Yaponiyaning jahonni eng kuchli jamoalaridan boʻlgan Kolumbiyani magʻlub etgani barchani hayron qoldirdi.

Kolumbiya — Yaponiya 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar:
0:1 — 6, penalti Kagava, 1:1 — 39 Kintero, 1:2 -73 Osako.

Kolumbiya — Ospina, Murilo, Moxika, Aryas, Sanches, Lerma, Sanches, Kintero (Xames, 59), Kuadrado (Barrios, 31), Iskerdo (Bakka, 70), Falkao.
Yaponiya — Kavasima, Yosida, Nagatomo, Sakai, Sedzi, Xasebe, Sibasaki (Yamaguti, 80), Kagava (Xonda, 70), Xaraguti, Inui, Osako (Okadzaki, 85).

Ogohlantirishlar: Barrios (64), Xames (86), Kavasima (90). Chetlatish: Sanches (3).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018: Yaponiya Kolumbiyani magʻlubiyatga uchratdi