
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining «C» guruhi vakillari Daniya va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda durang natija qayd etildi.
Dastlab Kristian Eriksen uchrashuvda hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Avstraliya terma jamoasi sardori Miley Yedinak penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvda shu hisob saqlanib qoldi.
2-turdan keyin Daniya hisobida 4, Avstraliya hisobida esa 1 ochko mavjud.
«C» guruhi, 2-tur
Daniya – Avstraliya 1:1 (1:1)
Gollar: Eriksen (7) – Yedinak (38, penalti).
Daniya: Shmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Kristensen, Shene, Dileyni, Eriksen, Sisto, Yorgensen (Kornelius, 68), Poulsen (Breytueyt, 59).
Avstraliya: Rayan, Seynsberi, Bexich, Risdon, Milligan, Lekki, Yedinak, Muy, Rogich (Irvayn, 82), Kruz (Arzani, 68), Nebbaut (Yurich, 75).
Ogohlantirishlar: Poulsen (37), Sisto (84).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar