Lopetegining "Real"dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Ispan nashrlari Madridning “Real” klubi yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini ma’lum qildi.
Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi “Santyago Bernabeu”da yiliga 6 mln yevro maosh oladi. Bu milliy terma jamoadagiga nisbatan ikki baravar ko‘p degani.
Eslatib o‘tamiz, Lopetegi “Real” bilan kelishuvga erishganligi sababli JCh-2018 startiga bir kun qolganida lavozimidan ozod qilingan. Lopetegi qo‘l ostida ispanlar ikki yil ichida 20 o‘yin o‘tkazib, biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. 14 g‘alaba, 6 durang.
Hozirda Ispaniya terma jamoasini Fernando Yerro boshqarmoqda. Ikki turdan so‘ng jamoa Portugaliya termasi bilan guruhda yetakchilik qilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi “Santyago Bernabeu”da yiliga 6 mln yevro maosh oladi. Bu milliy terma jamoadagiga nisbatan ikki baravar ko‘p degani.
Eslatib o‘tamiz, Lopetegi “Real” bilan kelishuvga erishganligi sababli JCh-2018 startiga bir kun qolganida lavozimidan ozod qilingan. Lopetegi qo‘l ostida ispanlar ikki yil ichida 20 o‘yin o‘tkazib, biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. 14 g‘alaba, 6 durang.
Hozirda Ispaniya terma jamoasini Fernando Yerro boshqarmoqda. Ikki turdan so‘ng jamoa Portugaliya termasi bilan guruhda yetakchilik qilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…