Neymar Braziliya termasi tarixidagi "eng yaxshi uch to‘purar"dan biriga aylandi

Neymar Braziliya termasi tarixidagi "eng yaxshi uch to‘purar"dan biriga aylandi
Xabaringiz bor bugun Braziliya terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichining 2-turida Kosta-Rika (2:0) ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, uchrashuvda ikkinchi golga mualliflik qilgan Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bugungi o‘yinda o‘zining 56-golini kiritgan 26 yoshli futbolchi bu borada Romarioni ortda qoldirdi.

Ta’kidlash kerakki, Neymar bu reytingda faqatiga Ronaldo (62) va Peledan (77) ortda bormoqda, xolos.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar